Sherlari.ru - bu saytda sevgi, ota-ona va do'stlik haqidagi yangi uzbekcha sherlar; Chiroyli aqlli gaplar(statuslar), manoli aforizmlar hamda tabrik smslar, jumladan SMS uchun tug'ilgan kun, juma tabriklari, xayrli tong-tun tilaklari bor.




Kun kelar bir buyuk armon bo‘laman.

Qaylarda, kim bilan vaqting chog‘ bugun.
Yurgan yo‘llaringda kim o‘rtoq bugun.
Yuraging qalbimga ko‘p uzoq bugun.
Hozircha yodingda yomon bo‘laman.
Kun kelar bir buyuk armon bo‘laman.

Yo‘lingga to‘shadim oshiq ko‘nglimni.
Tosh diling sezmadi hasta dilimni.
Kulgu-la o‘ynading borim sevgimni.
Yuraging sezmagan tug‘yon bo‘laman.
Kun kelar bir buyuk armon bo‘laman. Davomini o`qish

ЭНДИ КИМ КЎР?

– Ёмғир ёғаяптими?- Муқаддас эрининг саволига жавоб қайтармай, дераза ойнасидан бодом гуллари тўкилган йўлакка қаради. У ерда қора соябон тутган Рустам кўринди.
– Укангиз келаяпти, – деди деразадан кўз узмай.
– Шундай ёмғирда-я? – Ўктам сукут сақлади.–Рустам ўзи ажойиб йигит. Болалигидан мени яхши кўради. Мана ўзинг гувоҳ, кўзим ожизлашиб қолгандан бери кунора хабар олиб турибди. Davomini o`qish