Sokin tunda bezota qilib,
Eng so’nggilar safida bo’lib.
So’zlarimni guldasta bilib,
Deyman Tug’ilgan kuningiz bilan!
TUG’ILGAN KUNINGIZ BO’LSIN MUBORAK!
Atirgul gulidan sizga guldasta,
Chin yurak so’zlarim unga payvasta,
Bir asr yashangu yana nim chorak.
TUG’ILGAN KUNINGIZ BO’LSIN MUBORAK!
Eng shirin orzularni tilayman sizga
Muborak ayyomning tiniq tongiday,
Musaffo ranglarga to’lganda borliq.
Xushbo’y tabiatning yetti rangiday,
Osmon gardishida qolganda yorliq.
Eng porloq tuyg’ularni tilayman sizga,
Eng shirin orzularni tilayman sizga.
Tug’ilgan kuningiz bo’lsin muborak!
Hayotda ma’no yo’q yashashdan sensiz.
Kimgadur visolsan, kimgadur hijron.
Kimgadur orzusan, kimgadur armon.
Kimgadur bir umr, kimgadur bir on.
Kimgadur tomchisan, kimgadur ummon.
Kimgadur achchiqsan, kimgadur shirin.
Hullas «MUHABBATSAN» dunyoda tensiz.
Hayotda ma’no yo’q yashashdan sensiz.
Aziz insonimga Hayit muborak!
Ushbu kun Olloxning inoyatidir,
Barcha duolarning ijobatidir,
Hamrohingiz bo’lsin eng ezgu tilak,
Aziz insonimga Hayit muborak!