Nechun kelmading…???

Seni kutdim, kutdim ko’p uzoq
Yo’llaringga ko’zlarim mushtoq
Kelishingdan aylabon ogoh
Bevafo yor nechun kelmading?

Yuragimni qilding ming pora
Nechun ko’ngling bo’ldi qop-qora
Topildimi sevgiga chora
Bevafo yor nechun kelmading?

Va’dangga sen vafo qilmading
Senga bo’lgan sevgim bilmading
Yuragimni yondirib o’tda
Bevafo yor nechun kelmading?

Yuragingda bormi o’zga yor
U bo’larmi senga vafodor?
Qora tunlar o’tdiku bedor
Bevafo yor nechun kelmading?

Kutib, kutib toldi ko’zlarim
Armon bo’lib qoldi soz’larim
Pinhon yotar dilda bo’zlarim
Bevafo yor nechun kelmading?

https://t.me/sherlar

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *