SODDA TILAK

Har kimning ham sochlariga oq tushsin,
Ajin tushsin yuzlariga, dog‘ tushsin.
Har kimning ham quvvat ketib belidan,
Qo‘llariga aso — bir tayoq tushsin.

Imoni sof yuzga kirib yorug‘ yuz,
To‘ylar ko‘rib yelkasidan tog‘ tushsin.
Va jismiga so‘nggi safar paytida
O‘z bolasin qo‘lidan tuproq tushsin…

Muhammad Yusuf. «Bulbulga bir gapim bor» kitobidan

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *